Ustoz tarifidan boshlab Bitta ekranda

Flesh Kartochka — yodlash uchun kartochkalar

Bir tomonida savol yoki so'z, ikkinchi tomonida javob. Kartochkani aylantiring va «Bildim», «Qiyin» yoki «Bilmadim» deb belgilang — oxirida natija va qiyin kartochkalarni qayta takrorlash imkoniyati.

Flesh Kartochka: aylanadigan kartochka
Kartochkani aylantiring va javobni tekshiring

Flesh Kartochka qanday ishlaydi

  1. 1

    Kartochkalarni yarating

    Har bir kartochkaga old va orqa matn, xohlasangiz rasm qo'shing. Ro'yxatni Excel yoki matndan bir yo'la ko'chirish mumkin. Mavzuni yozasiz — sun'iy intellekt bir necha soniyada tayyor kontent taklif qiladi, siz uni tahrirlab saqlaysiz.

  2. 2

    Mashq qiling

    Kartochkani aylantiring va javobni bilgan-bilmaganingizni belgilang. Klaviatura yoki surish (swipe) bilan boshqariladi.

  3. 3

    Natijani ko'ring

    Oxirida necha foiz bilgansiz, ketma-ket to'g'ri javoblar va eng tez kartochka ko'rsatiladi. Faqat qiyin kartochkalarni qayta takrorlash mumkin.

Flesh Kartochka: mashq natijasi
Natija va qiyin kartochkalarni takrorlash

Imkoniyatlar

  • Old va orqa tomonga matn va rasm
  • «Bildim / Qiyin / Bilmadim» bo'yicha saralash
  • Qiyin va bilinmagan kartochkalarni qayta takrorlash
  • Excel yoki matndan bir yo'la ko'chirish
  • AI yordamida 5–20 ta kartochka tuzish

Qaysi darslar uchun

Chet tili so'zlari, tarix sanalari, kimyoviy elementlar, formulalar, atamalar va ta'riflarni yodlash uchun.

Tarif: Ustoz tarifidan boshlab. Narxlarni ko'rish

Ko'p beriladigan savollar

Kartochkaga rasm qo'shsa bo'ladimi?

Ha, har bir tomonga matn bilan birga rasm havolasini qo'shish mumkin.

Qaysi tarifda ochiq?

Flesh Kartochka Ustoz va Pro tariflarida ochiq.

Flesh Kartochkani bugun sinab ko'ring

Ro'yxatdan o'ting va birinchi o'yiningizni bir necha daqiqada yarating — kredit karta talab qilinmaydi.

Bepul boshlash

Kredit karta kerak emas · Bepul tarif mavjud